Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

GULOBOD MAHALLASINING CHEKKA HUDUDLARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

 GULOBOD MAHALLASINING CHEKKA HUDUDLARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

🏠 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev Gulobod mahallasida bo‘lib, chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlari hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🌐 O‘rganish davomida aholi yashash sharoitlari, hududning obodonlashtirilishi va fuqarolar uchun qulay muhit yaratish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

📍 Chekka hududlarda yashovchi aholining muammolarini joyida o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

👍 Hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3