Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oilaviy tadbirkorlik — barqaror daromad manbai

Oilaviy tadbirkorlik — barqaror daromad manbai

“Shamchiroq” MFYda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish va daromad manbalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📑 Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-327, Qabul qilingan sana 26.04.2012) ning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “Shamchiroq” MFYga biriktirilgan hokim yordamchisi bilan uchrashdi.

🤝 Suhbat davomida oilaviy biznesni tashkil etish, mavjud tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishi va shu orqali oilaviy daromadni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📋 Muhokama natijalari bo‘yicha ma’lumotlar deputat va Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Slide 1 of 2