“Taxiatosh” MFYda kanalizatsiya qurilishi bo‘yicha yana bir manzil o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Madaminov Alisher Abdullayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda 10-Xo‘jayli saylov okrugi hududidagi ko‘p qavatli uylar oldida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini o‘rgandi.
🔎 Tashrif davomida qurilish jarayoni, loyiha talablariga amal qilinishi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🚧 Aholiga noqulayliklar tug‘ilmasligi uchun qazish ishlari yakunlangach, qum va tuproqni hududdan o‘z vaqtida olib chiqish, chang-to‘zonning oldini olish hamda qazilgan joylarni qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi.
🌱 Shuningdek, qurilish ishlari yakunlangan hududlarda tartibni tiklash va obodonlashtirishni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar deputat va Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.