Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Dehqonchilik uchun amaliy ko‘mak

Dehqonchilik uchun amaliy ko‘mak

“Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan olib borilgan navbatdagi o‘rganishda ijtimoiy reestrda turgan fuqaro L.T.ning dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🌱 O‘rganish davomida fuqaroning yerga ishlov berish va dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida ssuda hisobidan motokultivator olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

📌 Bunday tashabbuslar fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va o‘z daromadini shakllantirishiga yordam berishga qaratilgan.