Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biriktirilgan_tashkilotlar_bilan_xamkorlik

DEPUTAT FAOLIYATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORINING 9 OYLIK HISOBOTI OʻRGANILDI
Tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Sayapir mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi.
🔍 Oʻrganish tafsilotlari:
Mahalla profilaktika inspektorining 9 oylik ish yakunlari va hisoboti atroflicha tahlil qilindi;
Hududda jinoyatchilikni bartaraf etish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi koʻrib chiqildi;
Mahallada tinchlik hamda osoyishtalikni taʼminlash, aholi xavfsizligini oshirish boʻyicha kelgusi vazifalar va tavsiyalar belgilab olindi.
🛡 Mahalla osudaligi hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish deputatlik va jamoatchilik nazoratining diqqat-markazida.