O‘rganish davomida uchta mahalladagi 10 ming nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda profilaktik emlash ishlari bilan tanishildi. Hududda 5 nafar shifokor, 5 nafar amaliyotchi va 10 nafar patronaj hamshira faoliyat yuritishi, 215 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro mavjudligi hamda 250 nafar bola emlangani qayd etildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.