Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat M. Mirsodiqov tomonidan tuman markaziy stadionida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida stadionni zamonaviy talablar asosida yangidan qurish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay sport sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, tuman markaziy stadioni zamonaviy qiyofada yangidan barpo etilmoqda. Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yangi mini-stadion ham qurilgan.
Mazkur bunyodkorlik ishlari tumanda sportni ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni yetishtirishga xizmat qiladi.
Deputat tomonidan bunyodkorlik ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar va obyektning zamonaviy talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.