Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berish hamda muammolarga qonuniy yechim topishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur hamkorlik fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlariga amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularga huquqiy ko‘mak berish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.