Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yaxshilash, xususan, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik holatini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuzasidan monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
Shu doirada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shahardagi 1-sonli shifoxonada Kengash qaroriga muvofiq ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishda shifoxonaning bosh shifokori hamda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan quruvchi tashkilot rahbari ishtirok etdi. Jarayon davomida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari va ularning belgilangan vazifalarga muvofiqligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Bunday monitoring tadbirlarining asosiy maqsadi — Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish, ijtimoiy soha obyektlari uchun ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli sarflanishini o‘rganish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlarning bajarilishini kuzatib borishdan iborat.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi