Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy reyestrdagi oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ularning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Charxiy ko‘chasi, 29-uy, 24-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sulaymonqulova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy holati, yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

️O‘rganishlar davomida fuqaro oilasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu yordam orqali oilaga oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratilgan.

Bunday ko‘maklar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish va turmush sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4