Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI TINGLANDI

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YOSHLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI TINGLANDI

🏛 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

🔺 Tadbirni akademik litsey direktori F.A. Nazarova ochib berib, uchrashuvning maqsadi va ishtirokchilarni tanishtirdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Sanjarovich Irgashev ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

📋 Uchrashuv mahalliy Kengashlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning g‘oya hamda loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va kasb tanlashga oid masalalarda zarur tavsiyalar berish maqsadida o‘tkazildi.

♻️ Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Shuningdek, o‘quvchilarga kelgusida oliy ta’lim muassasalariga kirish bosqichlari, ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, kelajak kasbini belgilash, bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

💡 Sarvarxon Irgashev Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berib, yoshlarning taklif, tashabbus va loyihalarini mahalliy Kengash faoliyatiga olib kirish hamda ularning jamoatchilik hayotidagi ishtirokini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

🗣 Ochiq muloqot davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, kasb tanlash, oliy ta’limga tayyorgarlik, yoshlar bandligi va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha batafsil javoblar oldilar. Ularning taklif va tashabbuslari ham tinglandi.

✅ Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv o‘quvchi-yoshlarning fikrini o‘rganish, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ruhlantirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilash hamda Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10