Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mahallada 38 nafar fuqaro Kambag‘allik reyestrida turishi hamda aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan 12 ta mikroloyiha ishga tushirilgani qayd etildi.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 1