Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalarda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, ularning yo‘l infratuzilmasiga oid murojaat va takliflari tinglandi.

Muloqot jarayonida ayrim ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida yo‘llarga tosh yotqizish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bildirilgan takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etishning muhim omilidir.

Slide 1 of 2