Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QONUN IJROSI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida O‘RQ-937-son Qonun ijrosi, fuqarolarning yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniy asosda e’tirof etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi 15 ta mahallada “E’tirof” dasturi doirasidagi xatlov ishlari yakunlangan, Ustalar mahallasida esa jarayon davom etmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini ta’minlash va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son Qonuni.

Slide 1 of 1