O‘rganish davomida dorixona faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, tegishli litsenziyaning mavjudligi va amal qilish muddati, xodimlarning malakasi hamda farmatsevtika ma’lumotiga ega ekanligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dorilarning sifati va xavfsizligi, ularni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarining sotuvga qo‘yilmasligi bo‘yicha talablarning bajarilishi o‘rganildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.