Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Mehnatguli mahallasida jami 706 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 44 ta oila ijtimoiy reyestrda turadi. ️

O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur oilalarning har biri uchun individual reja ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi. 

Slide 1 of 1