Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Akramov bilan joriy yilning sentabr oyi hamda 9 oylik mahalliy byudjet reja ko‘rsatkichlarining ijrosi muhokama qilindi.
Jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, belgilangan soliq tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda soliq intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, soliq va soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud boqimanda qarzdorliklarni qisqartirish va undirish, soliq to‘lovchilarning qonunchilik talablariga rioya etishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida mahalliy byudjet reja ko‘rsatkichlarining to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi