Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat xodimlari Chortoq tumaniga tashriflari doirasida,tuman Kengashi deputatlarini o‘z saylov okruglarida amalga oshirayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
🗄 Tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi O‘tkirbek Boltaboyev rahbarlik qilayotgan “Oltin Quddus” sihatgohidagi uchrashuv jarayonida mamlakatimizda so‘nggi yillarda vakillik organlarini kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish, bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni Chortoq tumanida ijrosi yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
🚨 Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Ikki hudud vakillari o‘zaro tajriba almashish, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.