O‘rganish davomida mahalladagi Yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va mavjud masalalarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.