Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiyalar raislari hamda komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash va doimiy komissiyalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, saylov okruglarida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, doimiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilgan o‘rganishlar, deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosini nazorat qilish holati yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar ham muhokama qilindi. Mazkur masalalarni tegishli doimiy komissiyalarda dastlabki muhokamadan o‘tkazish, o‘rganish natijalarini umumlashtirish hamda sessiya kun tartibiga puxta tayyorlangan holda kiritish yuzasidan kelgusidagi ishlar belgilab olindi.

Doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, har bir komissiya tomonidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni aniq rejalashtirish, deputatlik nazorati tadbirlarini muntazam tashkil etish va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, doimiy komissiya qarorlarini amaldagi qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish, yig‘ilish bayonnomalarini belgilangan tartibda yuritish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalar ijrosini nazoratga olish hamda deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini yanada kuchaytirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Muhokamalar davomida doimiy komissiyalar tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni Kengash va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama qilish, tegishli tashkilotlar faoliyati yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilandi.

Yig‘ilish yakunida Kengash va doimiy komissiyalar faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusidagi ishlar rejasi belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 3