Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Bektepa mahallasida mebel ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi
✅Bandixon tumanida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar natijadorligini o‘rganish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-"Bektepa" saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshev tuman Kengashi kotibiyati bilan hamkorlik grafigi asosida "Bektepa" MFYda bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi.
✅Tashrif davomida deputat "BANDIXON XUSHMUROD FAMILIY" oilaviy korxonasining mebel ishlab chiqarish sexida bo‘ldi.
✅Qayd etilishicha, mazkur korxona Prezidentimizning PQ-62-sonli qarori ijrosi doirasida 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini kengaytirgan hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
✅Shuningdek, tadbirda 2026-yilda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mahalla faollariga yetkazilib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.