Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash holati muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi belgilandi.