35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi daromadini oshirish va bandlik masalalari

Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Jumladan, fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, har bir fuqaroning imkoniyatidan kelib chiqib, bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.