35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

QAROR IJROSI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, jumladan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Qarorga muvofiq, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi hamda tegishli korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan:
yong‘in xavfsizligi holatini yaxshilash;
is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish vazifalari belgilangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni talab darajasida davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1