Tumandagi investitsiya loyihalarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi manzil — “Imomaddin Xo‘ja MChJ” uylarning fasad qismi uchun dekorativ panellar ishlab chiqaruvchi korxona bo‘ldi. O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati va loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
🏭 Mazkur korxonaga 500 million so‘m miqdorida investitsiya kiritilgani hamda bugungi kunda o‘z faoliyatini davom ettirib kelayotgani qayd etildi.
🔎 O‘rganish ishlari davomida investitsiya loyihalarining amaldagi holati, faoliyat samaradorligi va mavjud imkoniyatlariga e’tibor qaratilmoqda.
📑 O‘rganish yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga taqdim etiladi.