Avvalgi o‘rganishlar davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tumandagi investitsiya loyihalarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari boshlandi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi hamda tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipov bilan birgalikda dastlab “Solomon sister Buxoro” MChJ qizilmiyani qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurdi.
🏭 O‘rganish davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida 1 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgani va bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar eksport qilinayotgani qayd etildi.
📈 Bunday loyihalar tumanda investitsiya muhitini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔎 O‘rganish ishlari tumandagi boshqa investitsiya loyihalarida ham davom ettiriladi.