Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 19-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan saylov okrugi hududidagi Namuna mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni ijrosi, xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanishi, mavjud ehtiyojlarini aniqlash, reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda mustaqil yashash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari, dori-darmon, maishiy va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashish, shuningdek reabilitatsiyaning yakka tartibdagi dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)