35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tez tibbiy yordam avtomobillari uchun yopiq avtoturargoh qurish masalasi ko‘tarildi

O‘rganish davomida Ustalar va Namuna mahallalarida joylashgan 5-sonli oilaviy poliklinikaning tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli avtomobillarni saqlash uchun yopiq avtoturargohga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Yusupov nomiga deputat so‘rovi yuborildi hamda tez tibbiy yordam avtomobillari uchun yopiq avtoturargoh qurish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, tez tibbiy yordam faoliyati uchun qulay sharoit yaratish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.