35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TASHABBUSLI BYUDJET - TA’LIM MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Tashabbusli_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati

TASHABBUSLI BYUDJET - TA’LIM MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA

📊 Uchtepa tumanida 2026-yil II bosqich “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflarni saralash va obyektlarni joyida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📆 15-iyuldan 3-avgustga qadar openbudget.uz orqali fuqarolardan 200 ta taklif kelib tushgan bo‘lib, 4-avgustdan 18-avgustga qadar ularni saralash va o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengash raisi Jafar Ismanov, doimiy komissiya raislari Jamshid Karimov, Avaz Xudayberganov va Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanovlar ishtirok etdi.

🕯 Dastlab 106-sonli maktab holati o‘rganildi. Maktab bo‘yicha tashqi kanalizatsiya, eshiklar, hojatxonalar hamda ichki va tashqi qismlarni ta’mirlash takliflari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida maktabni o‘rab turuvchi devor, ichki pol qoplamalari, panjaralar, sanitariya-tesisat va duradgorlik ishlariga ham e’tibor qaratildi. 42 ta eshikni to‘liq almashtirish o‘rniga, ularning holatidan kelib chiqib ta’mirlash imkoniyati ko‘rib chiqilishi belgilandi.

📝 Aniqlangan muammolarni kompleks hal etish va mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6