35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

18-sonli maktab yaqinidagi piyodalar yoʻlakchasida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi

Oʻrganish jarayonida Gulshan mahallasidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi yaqinida joylashgan zahkash ustidan oʻtuvchi piyodalar yoʻlakchasida xavfsizlik bilan bogʻliq muammo mavjudligi aniqlandi. Kuz-qish mavsumida yoʻlakning sirpanchiq holatga kelishi maktab oʻquvchilari uchun xavf tugʻdirayotgani bois, mazkur hududga temir panjaralar oʻrnatish zarurligi yuzasidan fuqarolar murojaati oʻrganildi.

Mazkur murojaat asosida Bogʻot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat soʻrovi yuborilib, muammoni vakolat doirasida koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish soʻraldi.