35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Bogʻot tumanida qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
AGRAR, SUV XOʻJALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BOʻYICHA DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILDI
янв.21
Haftalik Dayjest
янв.21
Ortiq Otajanov mahallasidagi “Xorazm” ko‘chasini asfaltlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish va ijtimoiy sohalarga oid qator masalalar yuzasidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha muhokama o‘tkazildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga tezkor va samarali yechim topish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4