35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Bogʻot tumanida qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
AGRAR, SUV XOʻJALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BOʻYICHA DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILDI
янв.21
Haftalik Dayjest
янв.21
Ortiq Otajanov mahallasidagi “Xorazm” ko‘chasini asfaltlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan tuman dasturlari ijrosini o‘rganish maqsadida Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish obyektida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha asosida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, qurilish sifati, obyektning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mas’ullar va pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda bolajonlar uchun zamonaviy va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, tuman dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan har bir ijtimoiy obyekt qurilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi

Slide 1 of 9