35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zgarish mahallasidagi ko‘chani yoritish tizimini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIKNI TAʼMINLASH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
ICHKI KOʻCHA YOʻLLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
18-sonli maktab yaqinidagi piyodalar yoʻlakchasida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANILISHI OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA OʻRGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIDA OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan hududda barpo etilayotgan 19-maktab binosidagi qurilish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish materiallaridan foydalanish holati hamda obyektning belgilangan muddatlarda topshirilishi bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Xususan, qurilish ishlarining ayrim bosqichlarida sur’atni oshirish, ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, qurilish sifati ustidan texnik nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, obyektda mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda kelgusida o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, qurilish ishlarining borishi muntazam monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 9