35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Deputat tashabbusi va nazorati asosida ichki ko‘chalar obod qilinmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolqinovich tomonidan “Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Deputat so‘rovida mahalla hududidagi 1-tor Karvonsaroy, 4-tor Karvonsaroy, 4-tor Beshqo‘rg‘on hamda 2-berk Beshqo‘rg‘on ko‘chalarini ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi ko‘tarilgan.

Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan mutasaddi tashkilot tomonidan tegishli o‘rganishlar olib borilib, rasmiy javob taqdim etildi.

Bugungi kunga qadar deputat Imomov Sanjarali Tolqinovichning tashabbusi va deputatlik nazorati asosida murojaatda ko‘rsatilgan ayrim ko‘cha va yo‘l qismlarida asfalt qoplamasi yotqizilib, zarur obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Qolgan ko‘cha va yo‘l qismlarini ta’mirlash hamda asfaltlash ishlari tegishli tartibda rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mazkur masalaning to‘liq hal etilishi, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputat Imomov Sanjarali Tolqinovichning doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Aholi murojaatlarini amaliy hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5