35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Qavola mahallasida kiberxavfsizlik va huquqiy targ‘ibot masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, Qavola mahallasi jinoyatchilikdan xoli hudud sifatida e’tirof etilib, bu boradagi ijobiy natijalarni saqlab qolish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi, "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi hamda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Internet tarmog‘ida firibgarlikning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari rekvizitlarini begona shaxslarga bermaslik hamda kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Deputat B.Rahmonov fuqarolarni turli firibgarlik holatlariga aldanib qolmaslikka, shubhali qo‘ng‘iroqlar va havolalarga ishonmaslikka hamda qonunchilikda belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Uchrashuv yakunida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2