O‘rganish davomida:
mahallaning Baraka ko‘chasini asfaltlashtirish bo‘yicha aholi tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi;
ko‘chaning amaldagi holati va ta’mirlash zarurati o‘rganildi;
murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.
O‘rganish yakunida mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat kiritilishi hamda uning ijrosi deputat nazoratiga olinishi belgilandi.
Aholi murojaatlariga yechim topish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.