Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Jumladan:
ichki ko‘chalarni ta’mirlash va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash;
ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
elektr ta’minoti sifatini oshirish;
mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda kelgusi yil dasturlariga kiritilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobdorlikni ta’minlash va ularning fikrlarini inobatga olish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.