Yangiliklar

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputati Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan «Quruqsoy» MFYda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi Axmadova Dilobar Alisher qizining faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, joriy yil boshidan buyon 5 nafar yoshning bandligi ta’minlangan. 1 nafar yoshning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilgan, 1 nafar talabaning to‘lov-kontrakt summasi to‘lab berilgan.Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar hamda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 2 nafar yosh tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani qayd etildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, bandlikni ta’minlash va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 1