Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan "Istiqlol" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, xususan, imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etilgan tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi.
B.Xamrayev xonadonbay ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib, amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Asosiy maqsad — mahallabay ishlash tizimi orqali aholi muammolarini hal etish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishdir.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook