Deputat e’tiborida — aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati O‘.Tangirov o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan salomatlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida deputat markazda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, sharoitlar hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanishiga alohida e’tibor qaratdi.
✅ O‘rganish davomida:
Tibbiyot xodimlarining ish faoliyati va bemorlarga bo‘lgan munosabati;
Markazning dori-darmon va zaruriy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
Fuqarolarning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi o‘rganildi.
Deputat tibbiyot maskani mas’ullari va xodimlari bilan muloqot qilib, xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilishda profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook