Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Deputat qishloq xo‘jaligi sohasi uchun investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida dala seminarida qatnashdi

Deputat qishloq xo‘jaligi sohasi uchun investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida dala seminarida qatnashdi

Jalolobod mahallasidagi “Turob bobo” fermer xo‘jaligi hududida "Sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli noan’anaviy ekinlar asosida iqlimga mos chorvachilikni rivojlantirish" mavzusida uchinchi seminar tashkil etildi.

Seminar Toyloq tumani hokimligi, Samarqand davlat universiteti, Tottori universiteti (Yaponiya) hamda JICA’ning BLUE-SATREPS loyihasi hamkorligida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan olim Rustam Rahimov boshchiligida “Turob bobo” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan tajriba uchastkasida yangi nav urug‘lari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar bilan tanishdilar.

Tadbirda JICA’ning O‘zbekistondagi ofisi vakili Atsushi Tsunekawa, Tottori universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti vakili Kinya Akashi, BLUE-SATREPS loyihasi sub-koordinatori Naoko Matsuo, shuningdek, Yaponiyaning Qurg‘oqchil mintaqalar tadqiqotlari xalqaro markazi direktori Mitsuru Tsubo hamda boshqa ilmiy tadqiqotchilar so‘zga chiqib, noan’anaviy ekinlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari haqida fikr bildirdilar.

Ular sho‘rlangan tuproqlarda bunday ekinlarni keng targ‘ib qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab oldilar.

Tuman hokimi 14-Jalolobod saylov okrugidan saylangan deputat B. Raxmatullayev seminar ishtirokchilari va hamkor tashkilotlarga minnatdorchilik bildirib, noan’anaviy ekinlarni fermer xo‘jaliklarida keng tatbiq etish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish zarurligini ta’kidladi.

📱 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 8