Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati A.Nosirov tomonidan fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish hamda ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar 19-son umumta’lim maktabi hududida joylashgan suv gidrantining nosoz holati yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari bayon etilib, gidrantning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda uni belgilangan texnik talablarga muvofiq foydalanishga yaroqli holatga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotdan mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, ularning muddatlari hamda ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3