Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan uchrashuv va muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida mazkur Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda qonunda belgilangan kafolatlarning amalda ta’minlanishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xodimlar tomonidan Qonunni amalga oshirish jarayonida uchrayotgan muammolar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tajribasi, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Muloqot davomida amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ham muhokama qilinib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida Qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xodimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3