Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda 

ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan joyiga chiqdi.


O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

Muloqot davomida fuqarolarga mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, xususan, har bir shaxsning davlat organlariga og‘zaki, yozma va elektron shaklda murojaat qilish huquqi, murojaatlarning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda murojaatlar yuzasidan asoslantirilgan javob olish kafolatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning bir qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yuborilishi belgilab olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda aholini rozi qilishga qaratilgan bunday o‘rganish ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 2