Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 162 ta qonun va 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasiga muvofiq, “Qoratepa” mahallasida joylashgan Ekobozorda deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar. 

O‘rganish davomida bozorda aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosi, ularning yetarliligi, savdo jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. 

Nazorat yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya
va ko‘rsatmalar berildi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 7