Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan okrug hududidagi “Quruqsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.O‘rganish davomida deputat “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi,xususan xotin-qizlar faoli M.G‘aniyeva tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Shuningdek, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hudud aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 2