Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Nigora Eshmetova hamda Serikbay Usenov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi va uning kotibiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📝 Unda Kengash sessiyalarini tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari ijrosi hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 Shuningdek, Kengash kotibiyatining hujjatlar bilan ishlash tizimi, sessiya materiallarini tayyorlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish jarayonlari bilan tanishildi. Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Muloqot jarayonida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli o‘rganish bo‘yicha ham fikr almashildi.

🔎 Yakunda Yunusobod tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning hududlardagi amaliy ishtirokini kengaytirish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va Kengash faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6