Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Mahalla yettiligi xodimlari faoliyati deputatlar nigohida

Mahalla yettiligi xodimlari faoliyati deputatlar nigohida

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi mas'ul hodimi H.Odilov, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 5-Farovon saylov okrugi deputati G'.Sadikov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan "Mustaqillik" MFY mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Jarayon davomida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va soliq inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash hamda hududni kompleks rivojlantirish borasidagi faoliyat tahlil qilinmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berilmoqda.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6