Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Mazkur qabulda tuman hokimi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Abrorxo‘ja Saidaliyev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹 kommunal soha — elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari;
🔹 ijtimoiy himoya — kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish;
🔹 bandlik va tadbirkorlik — ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish;
🔹 huquqiy va maishiy masalalar — uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid murojaatlar.

Mazkur sayyor qabul “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqish, aholi manfaatlarini ifoda etish hamda muammolarni joyida o‘rganish vazifalari asosida o‘tkazildi.

Qabul davomida ko‘tarilgan masalalar tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonuniy tartibda hal etilishi belgilandi.

✅ Yunusobod tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish ishlari davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4