Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTATLARI TOMONIDAN 2026-YIL 29-IYUNDAN – 3-IYULGACHA AMALGA OSHIRILISHI BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR REJASI
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

Shirin shahar hokimi Dilfuza Kambarova hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov Mirzo Ulug‘bek mahallasida qarovsiz holga kelib qolgan bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirib, mavjud vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida maydonchaning bugungi holati tahlil qilinib, uni obodonlashtirish, nosoz o‘yin jihozlarini ta’mirlash yoki yangilash, hududni tartibga keltirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga bolalar maydonchasini qisqa muddatlarda tartibga keltirish, zarur ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun zamonaviy, xavfsiz va shinam dam olish maskanlarini yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 2